Mudofaa qurilishi va Qurolli Kuchlarni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi

0
31
marta koʻrilgan.

26 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan axborot berildi.

Mudofaa vazirining qoʻyilgan vazifalar bajarilishi va qoʻshinlarning jangovar shayligini va qobiliyatini oshirish, ularni zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan taʼminlash, serjantlar korpusining faoliyatini takomillashtirish va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha olib borilayotgan ishlar haqida hisoboti tinglandi.

Xususan, qisqa vaqt ichida qoʻshinlarning jangovar shayligini oshirish va harbiy xizmatchilarni tayyorlash, harbiy qismlar va boʻlinmalarda harbiy intizomni mustahkamlashga doir normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha qator ishlar amalga oshirildi.

Qoʻshinlar faoliyatini raqamlashtirish vazifalariga alohida eʼtibor qaratildi. Qoʻshinlarni boshqarishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlarini bosqichma-bosqich joriy etish hamda aloqa tizimini takomillashtirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar qayd etildi.

Qurolli Kuchlar tuzilmasini takomillashtirish, milliy armiyani zamonaviy qurol-aslahalar va harbiy-texnik vositalar bilan taʼminlash hamda mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish zarurligi taʼkidlandi.

Yakunda davlatimiz rahbari tomonidan Qurolli Kuchlar faoliyatini yanada takomillashtirish va mamlakatning mudofaa qobiliyatini oshirish yuzasidan qoʻshimcha topshiriqlar berildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.