Mudofaa vazirligi tomonidan harbiy xizmatchilar farzandlari uchun yangi yil bayramlari tashkil etildi

0
354
marta koʻrilgan.

Qishda nishonlanadigan bayramlarning shukuhi ham oʻzgacha. Ayniqsa, Yangi yil shodiyonasini kattayu kichik barchamiz intiqlik bilan, orziqib kutamiz.

Bayram munosabati bilan oʻtkaziladigan tantanali tadbirlar dillarga shodlik, oʻzgacha masrurlik baxsh etadi. Bu xursandchiliklar jajji bolajonlarimizning qalblarini nurga toʻldiradi, Chunki ular uchun barcha joylarda bayram tomoshalari, turli shou dasturlar tashkil qilinadi.

Mudofaa vazirligi tomonidan joylarda yurt himoyachilarining va xizmat vazifalarini bajarish vaqtida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun Yangi yil tadbirlarini tashkil etmoqda. Jumladan, shunday tadbirlar Mudofaa vazirligi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Qurolli Kuchlar davlat muzeyi hamda barcha harbiy okruglarda oʻtkazildi.

Bolajonlar rango rang oʻyinchoqlar bilan bezatilgan archa atrofida sevimli ertak qahramonlari bilan oʻyin-kulgu qilib, miriqib hordiq chiqarishdi. Yangi yil tantanalarining doimiy mehmonlari boʻlgan qorbobo va qorqizning sovgʻalari ham aynan ular uchun atalgani bolajonlarga quvonchli onlarni tuhfa etdi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.