Mudofaani boshqarish milliy markazi ochildi

0
161
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev 13 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasini boshqarish milliy markazini borib koʻrdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Mudofaa vazirligida barpo etilgan ushbu markaz qoʻshinlar boshqaruvining eng zamonaviy shakllarini mujassam etgan, barcha kuch tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirib borishga ixtisoslashgan. Majmua yuqori texnologik imkoniyatlari bilan yurtimiz havo sarhadlarini, oʻquv muassasalari va poligonlardagi mashgʻulotlar jarayonini real vaqtda kuzatish, boʻlinmalarning harakatini trank aloqa orqali nazorat qilishni taʼminlaydi.

Shuningdek, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, bunda harbiy-maʼmuriy sektorlarning ishtiroki, qoʻshinlarning kundalik va jangovar faoliyati boʻyicha maʼlumotlar toʻplanib, tizimli monitoring olib boriladi.

Oliy Bosh Qoʻmondon ushbu markazda yaratilgan sharoitlar va texnik imkoniyatlar bilan tanishdi. Mutasaddilarga uning faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, mudofaa tizimiga tezlik bilan integratsiya qilish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

– Bu markaz mamlakatimiz harbiy xavfsizligini taʼminlashda tayanch tuzilmaga aylanishi zarur. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda markaz uchun dasturiy-apparat majmuasini ishlab chiqish kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ayni paytda bu yerda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishi davom etmoqda.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.