Mulohaza: ARAB TILINING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA OʻQITISH METODLARI

0
138
marta koʻrilgan.

Arab tili qadimgi sharq tillaridan biri boʻlib, somiy tillarining janubiy tarmogʻiga kiradi. Arab tilining rivojlanishi uch asosiy davrga ajratiladi: qadimgi, klassik va zamonaviy.

Oʻzbekistonda arab tilini oʻrganish uzoq tarixiy anʼanaga ega. Koʻpgina ilmiy va badiiy asarlar ajdodlarimiz tarafidan ushbu tilda yozilgan. Arab tili juda soʻzlarga  boy, rang-barang va u mantiq tilidir. Toʻgʻridan toʻgʻri insonning tafakkuriga, mantigʻiga taʼsir qiladi. Chunki u Qurʼoni Karim tilidir. Hozirgi kunda undan ikki yuz milliondan ortiq xalq foydalanadi. Adabiy arab tili butun dunyo musulmonlarini birlashtiruvchi tildir. Islom diniga eʼtiqod qiluvchi xalqlar tillari lugʻatida arabcha leksemalar juda koʻp. Arab tilining yozuv bilan solishtirish mumkin boʻlgan (imlo) lugʻati mavjud. Masalan, ibnu Manzurning 13-asrda tuzilgan 20 bobdan tarkib topgan “Lisan al-arab” lugʻat kitobi mavjud.

Arab tilining fonetik jihatdan oʻziga xosliklari: Arab tilidagi barcha soʻzlar maʼlum qolip va konstruksiyalarga mos qurilganligi sababli, oson qofiyalanadi. Misralarni qofiyalash osonlashgach, goʻzal sheʼrlar yaratiladi. Arab tili tovushlarining hosil boʻlish joyi boʻyicha uygun taqsimlanishi, tovush paychalaridan labgacha. Arab harflarining talaffuzi oʻziga xos kuch va tayyorgarlikni talab qiladi. Arab tilidagi zod (dzod) va ayn harflari va ularning talaffuzi boshqa tillarda uchramaydi.

Biz arab tili bilan bogʻliq faqatgina bir jihatga, uni oʻqitishga toʻxtalamiz. Hozirgi kunda Oʻzbakiston va arab davlatlari orasidagi aloqalar sezilarli ravishda jonlandi, va bu aloqalar oʻz oʻrnida arab tili mutaxasislari va tarjimonlarga ehtiyoj tugʻdiradi.

Va bu arab tilini oʻqitish metodikasini takomillashtirishni talab qiladi. Hozirgi kundagi oʻqitilayotgan darsliklar va oʻquv qoʻllanmalar, lugʻatlar va adabiyotlarni zamon talablaridan kelib chiqib, qayta yaratish kerak. Ayniqsa nutqni oʻsishini rivojlantiradigan darsliklarga talab katta.

Arab tilini oʻrganish boʻyicha amaliy mashgʻulotlarda taʼlim faoliyatining asosiy shakllari sifatida turli usullar qoʻllaniladi: mavzuni tushuntirish, mavzuga oid mashqlar bajarish, mavzuga oid savollarga javob berish, va talabalarning mavzuni oʻzlashtirgan yoki oʻzlashtirmaganligini bilish uchun imtihonlar tashkil etishdan iborat.

Arab tilini oʻqitish yoʻllari va metodlari juda koʻp boʻlib, arab tilini oʻrgatishda asosan ikki usuldan foydalaniladi: alohida va qoʻshma.

Alohida oʻrgatish metodi – bu arab tilining barcha boʻlimlari, yaʼni oʻqish, yozish, nutq, imlo va grammatika alohida fan sifatida darsliklar orqali oʻqitiladi. Bu metodning afzalligi shundaki, har bir boʻlim uchun maxsus vaqt ajratilganligi tufayli har bir boʻlim mukammal tarzda oʻrgatish imkoniyatini beradi. Afzalliklari bilan birgalikda kamchiliklari ham mavjud. Boʻlimlarni alohida oʻqitish tilning sunʼiy boʻlinishiga sabab boʻladi. Bu esa oʻquvchilarning real vaziyatda oʻz fikrini toʻgʻri ifodalay olmasligiga olib keladi.

Kamchiliklardan yana biri oʻquvchilarning koʻnikma va bilimlari notekis rivojlanishidir. Buning sababi esa oʻqituvchining arab tilining faqatgina bir boʻlimiga eʼtibor berishidir. Boshqa boʻlimlarga eʼtiborning kamayishiga olib keladi. Oʻzbekistonda ham arab tilining grammatika boʻlimiga koʻproq eʼtibor qaratiladi va boshqa boʻlimlariga esa eʼtibor biroz sust.

Qoʻshma oʻrgatish metodi- bu usulda tilni bir necha boʻlimlarga boʻlish nazarda tutilmaydi, balki bir butun oʻrgatiladi. Alohida matn yoki mavzu asosida grammatika, oʻqish, ogʻzaki nutq va husni hatni baravar oʻrgatish metodidir. Bu usul anʼanaviy usuldir.

Arab tilini oʻrgatish uchun oʻtgan asrda son-sanoqsiz metodlar va yangi usullar paydo boʻldi, ularning baʼzilari haqiqatda muvaffaqiyat qozondi, baʼzilari esa muvaffaqiyatga erisholmadi.

Yuqorida bayon qilganlarimizga asoslanib, oʻquvchilar zarur grammatik asosga ega boʻlsalar ham, arab tilida zarur kammunikativ faoliyatni amalga oshirishda sezilarli qiyinchiliklarga duch kelishadi. Bu esa arab tilini mukammal oʻzlashtirishda kamchiliklar yuzaga kelishiga olib keladi.

Tilni oʻqitayotganda birinchi darslardanoq soʻzlashishga va arab tilining boshqa boʻlimlariga ham ahamiyatliroq boʻlishga undaydi. Oʻquvchilar uchun soʻzlashish matnlarni tarjima qilishdan yoki grammatik qoidalardan koʻra ancha qiziqarli boʻladi.

Ummugulsum JAMALOVA, OʻzDJTU magistranti

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.