Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning mamlakatimizga rasmiy tashrifi yakunlandi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
2 iyun kuni Toshkentda oʻtgan muzokaralarda koʻplab kelishuvlarga erishildi, ikki tomonlama munosabatlarni ittifoqchilik darajasiga koʻtarish toʻgʻrisida tarixiy qaror qabul qilindi. Davlat rahbarlarining samimiy muloqoti 3 iyun kuni Xorazmda davom etdi.
Oliy martabali mehmonni Prezidentimiz kuzatib qoʻydi. Soʻng davlatimiz rahbari Toshkentga qaytib keldi.