Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Koʻksaroy qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyoboniga koʻchat oʻtqazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Bu yil Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasida diplomatik aloqalar yoʻlga qoʻyilganiga 30 yil, Strategik sheriklik munosabatlari oʻrnatilganiga 5 yil toʻldi. Ushbu nihol hamkorlik rivojida yangi davr boshlanayotgani, mushtarak ezgu niyatlarning ramzi boʻldi.
Mazkur xiyobonda boshqa hamkor davlatlar rahbarlari ekkan daraxtlar ham bor.