“Mustahkam oila sari “  yosh oilalar forumi

0
288
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Yoshlar ijod saroyida yosh oilalarga amaliy koʻmak berish maqsadida “Mustahkam oila sari” shiori ostida yangi loyiha, yangi tadbir —  yosh oilalar forumi tashkil etdi.

Anjumanda yoshlar oʻrtasida oila muqaddasligi gʻoyalarini targʻib etish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlaydigan suhbatlar oʻtkazish, oilani rejalashtirish, ajrim holatlarining oldini olish, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, oilaviy munosabatlarda tomonlarning huquq va majburiyatlarini tushintirish, farzand tarbiyasida ota- onalarning oʻrni haqida tushinchalar berish maqsadlari koʻzlangan.

Forumda malakali psixologlar, taniqli sanʼatkorlar, madaniyat xodimlari, shifokorlar, huquqshunoslar va yosh oilalar hamda oila qurish arafasida turgan yoshlar ishtirok etishdi.

Psixologlar Zamira Azimova, Shoira Isakova, Viloyat Davletova, Madina Xirochevalar tomonidan ommaviy hamda individual suhbatlar tashkil etildi. Oila qurish qadimiy qadriyat boʻlib, muhabbat, samimiyat, nazokatli munosabat, oʻzaro hurmat va eʼtibor asosida boʻlishi lozimligi haqida batafsil tushinchalar berildi.

El suygan mashhur saʼatkorlar- Gavhar Zokirova, Shuhrat Qayumov, Raʼno Shodiyeva oilaviy muommolarga toʻgʻri yondashuv hamda qiz farzand tarbiyasida otalarning oʻrni xususida oʻz  fikr-mulohazalari bilan ishtirok etib, amaliy maslahatlar berdilar.

 Shifokor- ginekolog Zarina Xodjayeva yosh onalar va kelinlarda uchraydigan turli xil kasalliklar va ularning oldini olish borasida suhbatlar uyushtirdilar.

Hakamlik sudi sudyasi Goʻzal Tursunmetova hamda huquqshunos Shaxnoza Gaffarovalar yoshlarga oid yangi qonunlar haqida gapirdilar va  anjuman qatnashchilarini qiziqtirayotgan huquqiy savollariga javoblar berdilar.

Anjuman tashkilotchilari insonning tashqi qiyofasi ham oilaviy muhitiga taʼsir koʻrsatishini hisobga olib, forum doirasida ayollar va erkaklar stilistlari hamda vizajistlari tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.

“Oʻzbekiston yoshlari  erta turmush va norasmiy nikohni qoralaydi” shiori ostida “Erta nikoh- millat zavoli” deya nomlangan erta nikohning oqibatlari, baxtli va sogʻlom turmush uchun huquqiy, tibbiy, ijtimoiy tavsiyalar bitilgan rangli qoʻllanmalarni oila va doʻstlar davrasida oʻqish uchun  tarqatildi.

U tadbir yosh oilalarning vakillari uchun chinakam bayramga, amaliy koʻmak maydoniga aylandi. Forum soʻngida mana shunday targʻibot-tashviqot hamda maslahat  tadbirlarini doimiy oʻtkazib borish boʻyicha kelishib olindi.

Yakuniy qismda  taniqli sanʼatkorlar tomonidan kuy-qoʻshiqlar ijro etildi.

J.Saʼlullayev, Muallif olgan suvratlar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.