Muzokaralar natijalari bitimlarda mustahkamlandi va Davlat yetakchilari samarali muzokaralar yakunlarini sarhisob qildilar 

0
36
marta koʻrilgan.

Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisi yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Qoʻshma bayonot hamda Oliy davlatlararo kengashning 2024-2034 yillarda strategik sheriklik va ittifoqchilik dasturini tasdiqlash va Tashqi ishlar vazirlari kengashini tuzish toʻgʻrisidagi qarorlarini imzoladilar.

Tashrif doirasida ikki tomonlama hamkorlikning keng koʻlamli masalalarini qamrab olgan hujjatlar toʻplami qabul qilindi. Bular, jumladan:

— Muzokaralar natijalari bitimlarda mustahkamlandi va Oʻzbekiston va Qozogʻiston yetakchilari samarali muzokaralar yakunlarini sarhisob qildilar chegarasi rejimi toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitim;

— Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari va xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimlarga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi bayonnomalar;

— 2024-2025 yillarda madaniy-gumanitar hamkorlik boʻyicha hukumatlararo tadbirlar rejasi;

— Qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

— Sogʻliqni saqlash sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

— Iqtisodiyot vazirliklari oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

— Tabiiy monopoliyalarni tartibga solish va raqobat siyosati sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bayonnomalar;

— Oʻzbekiston-Qozogʻiston Ekspertlar kengashini taʼsis etish toʻgʻrisida memorandum;

— Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va doʻstlik aloqalari qoʻmitasi va Qozogʻiston Respublikasi Otandastar jamgʻarmasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv toʻgʻrisida bitim;

— 2024-2026 yillarda Toshkent shahar hokimligi va Ostona shahar hokimligi oʻrtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasi.

Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisi yakunidan keyin Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunlariga izoh berdilar.

Oʻzbekiston rahbari birgalikdagi tizimli va amaliy saʼy-harakatlar tufayli Oʻzbekiston-Qozogʻiston hamkorligini ittifoqchilik munosabatlaridek eng yuqori bosqichga olib chiqishga erishilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

— Biz koʻp qirrali munosabatlarimizda yangi sahifa ochdik — Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisini oʻtkazdik. Ushbu format davlatlararo hamkorlikning eng yuqori darajasining ifodasi boʻlib, mamlakatlarimiz va xalqlarimizning yaqin aloqalari, ularning barcha yoʻnalishlarda hamkorlikni mustahkamlashga qatʼiy intilishini yaqqol namoyon etadi.

Muzokaralar chogʻida parlamentlarning ikki palatasi ishtirokida Parlamentlararo forum tashkil etish masalasi koʻrib chiqildi. Hamkorlikning yana bir yangi shakli — Tashqi ishlar vazirlari kengashini taʼsis etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport, qishloq va suv xoʻjaligi, madaniyat sohalaridagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish boʻyicha aniq kelishuvlarga erishildi.

Qoʻshma bayonot imzolandi hamda har tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan 2024-2034 yillarga moʻljallangan Strategik sheriklik va ittifoqchilik dasturi qabul qilindi.

Muzokaralarda hududlararo aloqalarni faollashtirishga alohida eʼtibor qaratildi. Yetakchilar ikki mamlakatning barcha viloyatlarini jalb qilgan holda Hududlararo hamkorlik forumini Hududlar rahbarlari kengashiga aylantirish tashabbusini ilgari surdilar.

Kuni kecha oʻtgan biznes forumi va ishbilarmonlik uchrashuvlarida umumiy qiymati 7 milliard dollarlik shartnoma va bitimlar imzolangani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Oy yakuniga qadar tovar ayirboshlash hajmini keskin oshirishga qaratilgan kompleks dastur qabul qilinadi. Tomonlar, shuningdek, yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi qurilishini tezlashtirishga kelishib oldilar.

Bundan tashqari, ustuvor yoʻnalishlardagi qoʻshma loyihalarni moliyalashtirish maqsadida Oʻzbekiston-Qozogʻiston investitsiya fondini tashkil etish masalasi koʻrib chiqiladi.

Muzokaralar kun tartibidan transport va logistika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhim oʻrin egalladi. Yuk tashish hajmini oshirish uchun maksimal darajada qulay shart-sharoitlarni yaratish, avtomobil va temir yoʻllarni qurish va modernizatsiya qilishni jadallashtirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Yana bir strategik yoʻnalish — oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash. Ikki mamlakat hududida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va yetkazib berish boʻyicha aniq kelishuvlarga erishildi.

Suvdan foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari belgilab olindi.

Transchegaraviy suv resurslaridan birgalikda foydalanish masalalarida yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Madaniyat, yoshlar, turizm, fan, taʼlim va sport sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratildi.

Tashrif arafasida va doirasida Qozogʻiston poytaxtida Oʻzbek kinosi kunlari, konsertlar, koʻrgazmalar, festivallar, intellektual oʻyinlar va boshqa tadbirlar muvaffaqiyatli oʻtkazildi.

Tomonlar kelgusi yilda oʻzaro madaniyat kunlari, qoʻshma kinofestivallar, ikki mamlakat sanʼat ustalarining konsertlarini tashkil etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Tashrif davomida Oʻzbekiston va Qozogʻistondagi yetakchi oliy taʼlim muassasalarining filiallari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Davlatimiz rahbari Prezident Qasim-Jomart Toqayevga va u orqali butun qardosh Qozogʻiston xalqiga Ostona markazida oʻzbek xalqining buyuk farzandi, shoir va mutafakkir Alisher Navoiy haykali oʻrnatilgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Tomonlar mintaqaviy va xalqaro platformalar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, ShHT, MDH, Turkiy davlatlar tashkiloti, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengash, «Markaziy Osiyo plyus» formatlari doirasidagi tashabbuslarni oʻzaro qoʻllab-quvvatlashni davom ettiradilar.

Ertaga Ostona shahrida boʻlib oʻtadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi iqtisodiy integratsiya va butun mintaqaning jadal rivojlanishiga kuchli surʼat bagʻishlashi alohida taʼkidlandi.

Yakunda Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi yakunlari va erishilgan kelishuvlar Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini har tomonlama mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.