Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yigʻilishi yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiyani imzoladilar.
Bundan tashqari, ikki mamlakat rahbarlari huzurida koʻp qirrali sheriklikning koʻplab sohalarini qamrab olgan 19 ta hujjat imzolandi. Jumladan:
— Ilmiy almashinuv va yuqori texnologiyalar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
— Hududiy rivojlanish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash toʻgʻrisida bitim;
— Standartlashtirish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
— Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishida texnik koʻmak koʻrsatish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
— Kosmik fanlar, texnologiyalar va tadqiqotlar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
— Qishloq xoʻjaligi taʼlimi sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
— Energetik rivojlanish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
— Madaniyat sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
— Axborot sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
— Kadastr masalalari boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
— Turizm sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
— Oila instituti va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
— Boshqaruv kadrlarini tayyorlash sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
— Huquqiy sohada malaka oshirish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma.
Shuningdek, imtiyozli savdo, energetika bozorini tartibga solishga oid ikki tomonlama hujjatlar hamda Qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi qabul qilindi.