Muzokaralar ochiq va amaliy ruhda oʻtdi

0
79
marta koʻrilgan.

Turkmanboshi shahrida boʻlib oʻtgan Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʼsischi davlatlari rahbarlari majlisi yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing boʻldi.

Davlat rahbarlari Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish, Orolboʻyidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, suv va ekologiya bilan bogʻliq muammolarni birgalikda hal qilishga kelishib olinganini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev Orol muammosi mintaqa hayoti va kelajagiga daxldor dolzarb masala ekani, muzokaralarda anchadan buyon toʻplanib qolgan savollar ochiq va konstruktiv muhokama qilinganini, endi qogʻozdan amaliy ishga oʻtilishini taʼkidladi, deya xabar beriladi prezident. uz saytida.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.