Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan 29 aprel kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.
30 aprel kuni Koʻksaroyda oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi boʻldi.
Ayni paytda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari boʻlib oʻtmoqda. Uchrashuvda asosan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga oʻtgan yilgi davlat tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi siyosiy ishonchni mustahkamlab, barcha sohalardagi aloqalarga keng yoʻl ochgan edi. Oʻzbekiston va Turkiya xalqi bu galgi muzokaralardan ham katta natijalar kutmoqda.