Namangan shahrida II Xalqaro asal festivali

0
97
marta koʻrilgan.

Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” tematik parkida II Xalqaro asal festivali boshlandi.

Mazkur festivalda qoʻshni Qirgʻiziston, Qozogʻiston Respublikalari, Rossiya Federatsiyasidan jami 100 dan ortiq asalarichilik bilan shugʻullanib kelayotgan tadbirkor va ekspertlar oʻz mahsulotlarini namoyish etadi.

Festivalning tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Haitov, Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etdi.

Tadbir oʻzaro hamkorlik va doʻstlikni mustahkamlash, shuningdek, asalarichilik sohasida xalqaro tajriba almashuv platformasini yaratish, asalarichilikka innovatsion texnologiyalarni joriy etgan holda sanoatlashtirish hamda dunyoda shu yoʻnalish rivojlangan Rossiya hamda Qozogʻiston kabi yirik 10 talik davlatlar ichidan joy olish maqsadiga qaratilgan.

Festival doirasida imkoniyati cheklangan fuqarolar, kam taʼminlangan oilalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga 1000 kg miqdoridagi asal bepul tarqatiladi.

Tadbir viloyatda ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada rivoj topishida oʻz samarasini berishi bilan ham ahamiyatlidir.

Manbaa: OʻzA 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.