Navroʻz arafasida 217 mingdan ziyod yoshlar yurtimiz boʻylab sayohat qiladi

0
110
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi – Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev poytaxtimizdagi taʼlim muassasalari, korxonalar, tashkilotlardagi Yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqotda Navroʻz arafasida ichki turizm tashkil qilinishini aytib oʻtdi. 

Mazkur sayohat Prezidentimizning joriy yil 3 fevraldagi «Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi farmoni ijrosi doirasida uyushtirilmoqda. 

Ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni, ayniqsa yosh avlodni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi, ziyoratgohlari, obidalari bilan keng tanishtirishga xizmat qiladigan ushbu loyihada 217 mingdan ziyod yigit-qizlar ishtirok etishi rejalashtirilmoqda. 

Ushbu ezgu loyiha nafaqat yoshlarni tarixiy joylar bilan tanishtirish, balki, ularning turizm sohasidagi bilimlarini mustahkamlash, tadbirkorlikka keng jalb etishga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir. 

Manba: OʻzA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.