Taekvondochimiz Nikita Rafalovich (-80 kg) Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlaridagi ilk bosqichda dominikanlik raqibini magʻlub etdi. Moises Ernandesga qarshi kechgan bahs 17:7 hisobi bilan yakunlandi.
Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarini muvaffaqiyatli oʻtkazayotgan Nikita Rafalovichga navbatdagi bellashuvida ozarbayjonlik Milad Begi raqiblik qildi. Soʻnggi 2 jahon chempionatlarining gʻolibi, Rio-2016 sovrindori Milad Begiga qarshi kechgan jang Rafalovichning gʻalabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa vakilimiz chempionlik sari navbatdagi dadil qadamni tashladi, yarim finalga yoʻl oldi.
Hamyurtimiz yarim finalda iordaniyalik Solih Elsharabatiga qarshi dayanga chiqdi. Yarim final bahsida u iordaniyalik Solih Elsharabatiga qarshi jang qilib, qoʻshimcha daqiqada imkoniyatni boy berib qoʻydi. Vakilimizning uchinchi oʻrin uchun kechadigan bahsdagi raqibi keyinroq maʼlum boʻladi. Nikita Rafalovichga boʻlgusi bellashuvda omad tilab qolamiz.
gujum.uz