NNT: seminar

0
65
marta koʻrilgan.

Joriy yilning 2 may kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyasi va Jamoat fondi, Toshkent shahar adliya boshqarmasi va Oʻzbekiston NNTMA Toshkent shahar hududiy boʻlinmasi hamkorligida Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari uchun Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazida  oʻquv-seminar oʻtkazildi.

    Tadbirdan koʻzlangan maqsad loyihalarni oʻrnatilgan tartibda dolzarb mavzular va amaliy ishlarni aks etgan holda taqdim etish, soʻralgan tartibga asosan moliyaviy xisobotlarni topshirish, ularning  huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berish. Shuningdek, tadbir davomida taklif etilgan ekspertlar tomonidan davlat va jamoat tashkilotlarining ijtimoiy sheriklik munosabatlari, nodavlat notijorat tashkilotlari uchun belgilangan soliq imtiyozlari va soliqqa oid hisobotlardagi uchrayotgan muammolar, 2025 yil 1 martdan boshlab yoshga doir pensiyalarni proaktiv shaklda tayinlash borasida ham maʼlumotlar berib oʻtildi. Oʻquv-seminarning ikkinchi qismida psixolog tomonidan “Siz kimsiz? Kimman? Genetik robot yoki kelajagingiz direktori?” mavzusida psixologik mashgʻulotlar oʻtildi. 

    Tadbir soʻngida 2024 yil uchun “Aholi oʻrtasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda davlat va nodavlat tashkilotlarning ijtimoiy hamkorligi”  mavzusida eʼlon qilingan  1-davlat granti gʻoliblariga sertifikatlar taqdim etildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.