Nodirabegim nomidagi axborot-kutubxona markazida innovatsion yangilik

0
598
marta koʻrilgan.

Namangan shahrida joylashgan Nodirabegim nomidagi axborot-kutubxona markazi tashkil topganiga bu yil 100 yil toʻldi. Viloyatdagi barcha axborot-resurs markazlariga uslubiy koʻmak berib kelayotgan 570 mingdan ortiq kitob fondiga ega ushbu ziyo maskanida   ulugʻvor islohotlar belgilandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi kutubxonada mushtariylarga zamonaviy andazalarda xizmat koʻrsatishga erishish maqsadida mazkur bino va u joylashgan huddudni rekonstruksiya qilish, axborot-kutubxona markazini tubdan modernizatsiyalash boʻyicha keng qamrovli loyiha tayyorladi.

Ushbu loyiha asosida endilikda bu ziyo majmuasi mamlakatimiz nashriyotlarida chop etilayotgan kitoblar va chet el yozuvchilarining asarlari bilan yanada boyitiladi va kitobxonlarga bilim va axborot olishlari uchun shinam sharoit yaratiladi.

 Innovatsion yangilik shuki, zamonaviy telekommunikatsiyalar yordamida masofadan turib mamlakatimiz va ilgʻor xorijiy davlatlar kutubxonalaridagi resurslardan foydalanish imkoni yaratiladi.

Bir soʻz bilan aytganda, kutubxona hozirgidan ikki barobar koʻp foydalanuvchiga xizmat koʻrsata oladigan imkoniyatga ega boʻladi.

Yurtboshimiz Namangan viloyatiga safarida mazkur loyiha bilan tanishar ekan, uni qoʻllab-quvvatlashini, jumladan, ushbu maʼnaviy qimmatga ega loyihani qisqa muddatda amalga oshirish lozimligini taʼkidladi. Shuningdek, qariyb yarim gektarga teng maydonda joylashgan kutubxona tevaragini kitob mutolaasiga qulay osoyishta  boʻlishi lozimligini qayd etdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.