Nodirbek Abdusattorov eng daromadli shaxmatchilar roʻyxatidan joy oldi

0
75
marta koʻrilgan.

Xalqaro shaxmat federatsiyasi tizimidagi shess.com tizimi 2024 yilda shaxmat turnirlarida eng katta mukofot pullarini qoʻlga kiritgan shaxmatchilar roʻyxatini eʼlon qildi.

Keltirilgan roʻyxatga koʻra, 2024 yil klassik shaxmat boʻyicha jahon chempionligiga erishgan hindistonlik Gukesh Dommaraju 1 million 577 ming 842 dollar, Din Lijen 1 million 183 ming 600 dollar, Magnus Karlsen 639 ming 369 AQSH dollari bilan dunyoning eng daromadli shaxmatchilari sifatida eʼtirof etildi.

Eʼtiborli jahati, hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ortda qolgan 2024 yilda 132 ming 981 AQSH dollarini qoʻlga kiritgan holda dunyoning eng daromadli oʻn ikkinchi shaxmatchisi sifatida qayd etildi.

Eslatib oʻtamiz, Abdusattorov oʻtgan yilgi 12 ta nufuzli turnirda shuncha mablagʻni qoʻlga kiritgan.

Shu oʻrinda yana bir gap. Ayni kunlarda birinchi raqamli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov joriy yilning 17 yanvar kuni Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida boshlanadigan «Tata Steel Chess-2025» musobaqasiga hozirlik koʻrmoqda.

T.Roʻziyev, OʻzA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.