Nukusda harbiylarga yangi turar joylar topshirildi

0
205
marta koʻrilgan.

Nukus shahridagi “Nur“ mahalla fuqarolar yigʻini hududidan koʻp qavatli 30 xonadondan iborat ikkita yangi turar joy Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlarida xizmat qiluvchi harbiylarga tantanali topshirildi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Boshqarmasi xodimi, ham yangi uyga ega boʻlgan yosh oilalardan biridir.

— Bugun oila aʼzolarimiz bilan 3 xonali yangi uyga ega boʻldik, – deydi serjant Shonazar Adambayev. – Biz bundan juda baxtiyormiz. Farzandlarimiz bor. Ularning ham quvonchi cheksiz.

Yangi xonadon egalariga kalitlar tantanali topshirildi, turar joyni qurib bitkazgan bunyodkorlar mehnati eʼtirof etilib, sovgʻalar bilan taqdirlandi. Sanʼatkorlar kuy-qoʻshiqlar ijro etdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.