Nurafshon shahridagi bunyodkorlik loyihalari koʻrib chiqildi

0
73
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik loyihalari bilan tanishdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Maʼlumki, 2017 yil Toshkent viloyati markazi Nurafshon shahriga koʻchirilgan, davlatimiz rahbari 2019 yili bu yerga kelganida zamonaviy majmualar barpo etish boʻyicha koʻrsatmalar bergan edi.

Bu galgi tashrif chogʻida bajarilgan ishlar koʻzdan kechirildi. Davlatimiz rahbariga Nurafshon shahrining Bosh rejasiga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Bugungi kunda Toshkent yoʻli kengaytirilib, uning ikki tomonida 42 obyekt foydalanishga topshirilgan. Ayni paytda bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda. Ilgarigi bir qavatli eski imoratlar oʻrnida 7 va 9 qavatli uylar, maʼmuriy binolar, biznes markazlar, mehmonxona, tibbiyot va taʼlim muassasalari, gipermarketlar qurilmoqda.

Toshkent viloyatida madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot oʻtkazildi.

Prezident maktab va bogʻchalarni qurish bilan birga taʼlim mazmunini boyitish, endi qamrovdan sifatga oʻtish kerakligini taʼkidladi. Aholi kelishiga qulay joyda zamonaviy shifoxona tashkil etib hamda uni klinik baza qilib, malakali mutaxassislar tayyorlash boʻyicha topshiriq berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.