Ochiq muloqot: Reklama qonunchiligi va odam savdosiga qarshi kurash

0
110
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati boʻlimi, viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamkorligida “Reklama qonunchiligi va odam savdosiga qarshi kurash” mavzusida ochiq muloqot oʻtkazildi.

Davra suhbatida Uyushma viloyat boʻlimi raisi Oʻ.Matqurbonov, AOKA viloyat boshqarmasi boshligʻi D.Bekchanova, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Xorazm viloyat filiali rahbari Gʻ.Ishimmetov, “Istiqbolli Avlod” ijtimoiy-axborot markazi Xorazm viloyati boʻlimi rahbari S. Matkarimova, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi D.Abdukarimov va Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi R.Ibrohimov mavzu yuzasidan maʼruza qildi.

Tadbirda reklamaga qoʻyiladigan talablar, reklama beruvchining, reklama tayyorlovchi va tarqatuvchining huquq va majburiyatlari haqida soʻz yuritildi.

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurash, mazkur jinoyatdan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularni normal turmush tarziga qaytarish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan  maʼlumotlar berildi.

Ochiq muloqot yakunida ishtirokchilarning taklif va tashabbuslari tinglandi. Ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

Manbaa: Jurnalistlar uz 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.