Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etayotgan Qarshining «Nasaf» jamoasi oʻz maydonida Birlashgan Arab Amirliklarining «Al Vasl» jamoasini qabul qildi.
Qiziqarli kechgan bellashuvda «Nasaf» Igor Golbanning 57-daqiqada kiritgan goli evaziga gʻalaba qozondi va hisobiga dastlabki uch ochkoni qoʻshib qoʻydi.
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Matbuot xizmati