Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Tokio-2020 Olimpiadasi oldidan soʻnggi oʻquv-mashgʻulot yigʻinini oʻtkazish uchun Ukrainaning Kamenets-Podolskiy shahriga yoʻl oldi.
Mazkur yigʻin bir oyga moʻljallangan boʻlib, 20 iyul kuni Tokio-2020 litsenziatlari Adhamjon Ergashev, Akbar Joʻrayev, Muattar Nabiyeva hamda Kumushxon Fayzullayeva murabbiylar bilan Tokio shahriga yoʻl olishadi. Qolgan vakillarimiz esa yana 1 haftalik mashgʻulotlardan soʻng 29 iyul kuni Toshkentga qaytib kelishadi. Jamoa Ukrainaga quyidagi tarkibda yoʻl oldi:
Sportchilar: Adhamjon Ergashev, Akbar Joʻrayev, Sarvar Zafarjonov, Muhammadqodir Toshtemirov,
Ruslan Nurudinov, Muattar Nabiyeva, Kumushxon Fayzullayeva, Tursunoy Jabborova.
Murabbiylar: Bahrom Mendiboyev, Yerjas Boltayev.
Massajchi: Obiddin Muslimov
gujum.uz