Ogʻir atletika. Osiyo chempionatida navbatdagi medal!

0
105
marta koʻrilgan.

Urganch shahrida ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda.

Musobaqada ishtirok etayotgan sportchimiz Nigora Abdullayeva (-44kg) oltin medalga sazovor boʻlib, terma jamoamiz hisobiga dastlabki medalni qoʻshib qoʻygandi.

-48kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etayotgan Zuhra Otajonova dast koʻtarishda 63kg, siltab koʻtarishda esa 83kg, umumiy hisobda 146kg toshni oʻziga boʻysundira oldi va kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Ushbu vazn toifasida birinchi oʻrinni vyetnamlik Din Ti Pam (161kg) qoʻlga kiritgan boʻlsa, bronza medali Hindiston vakilasi Snea Soren (145kg)ga nasib qildi.

Maʼlumot uchun, Urganchdagi Osiyo chempionatida shu yil oktyabrda Argentinada boʻlib oʻtadigan III oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmalar berilishi ham aniqlanadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.