Ohangarondagi maishiy chiqindilar poligoni toʻlib qoldi

0
99
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbari Toshkent viloyatidagi ijtimoiy va kommunal sohalarga oid masalalarga alohida eʼtibor qaratdi.

— Viloyatda aholining 64 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlangani jiddiy muammo. Amalda bu koʻrsatkich 40-50 foiz darajasida. Boʻka, Quyichirchiq, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari va Nurafshon shahrida 30 foizga ham bormaydi. Sizlar kabinetda qanday oʻtirasizlar? — dedi Shavkat Mirziyoyev.
 
Bu muammoni hal etish maqsadida joriy yilda 440 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari va 301 ta suv inshootida qurilish-taʼmirlash ishlari bajarilishi rejalashtirilgan. Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi qiymati 144 million dollarlik loyihaning birinchi bosqichi doirasida qurilish ishlari boshlangan.

— Viloyatda dolzarb boʻlgan yana bir muammo ekologiya bilan bogʻliq. Toshkent shahridagi maishiy chiqindilar tashlanadigan Ohangaron tumanidagi poligon 98 foizga toʻlgan. Shuning uchun bu poligonni yopib, yangisini qurish kerak. Bu ekologiya tozaligi, aholi salomatligi uchun muhim masala, — dedi davlatimiz rahbari.

Umumiy oʻrta taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimlari, ichki yoʻllar bilan bogʻliq muammolarni ham tezkor hal qilish boʻyicha topshiriqlar berildi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.