Yurt kelajagi, oila faxri: Yuqori ball bilan talaba boʻlgan yoshlar

0
234
marta koʻrilgan.

 Yangiariq tumanidagi 11-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati Xorazm viloyatida yetakchi bilim maskanlaridan hisoblanadi. Oʻquvchilari salohiyati va ilmi nuqtai nazaridan peshqadam boʻlib turli tanlovlarda munosib oʻrin olib kelishadi.

Ushbu dargohning 3 nafar bitiruvchisi oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida berilgan test savollarini yechib, yuqori ball bilan talaba boʻlish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.

Maktab-internat bitiruvchisi Bekmetov Zafar kirish imtihonlarida  180.6 ball toʻplab, respublikamizning eng nufuzli oliy taʼlim muassasalariga dastlabki natijalarga koʻra grant va kontrakt asosida oʻqish imkoniyatini qoʻlga kiritdi: Toshkent Irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga 2 oʻrin (grant) yana ushbu oliygohning boshqa fakultetiga 4 oʻrin (grant);  Toshkent davlat agrar universitetiga 3 oʻrinda(grant); Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga 11 oʻrin(kontrakt) va yana ushbu oliygohning boshqa yoʻnalishiga 13-oʻrin (kontrakt)ni egalladi.

Egamov Jaloladdin ham kirish imtihonlarida berilgan test savollarini  180.60 ballga yechdi va respublikamizning eng nufuzli OTM lariga dastlabki natijalarga koʻra grant va kontrakt asosida oʻqish imkoniyatini qoʻlga kiritdi:  Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Statistika (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) yoʻnalishiga 1- oʻrin(grant) va yana ushbu oliygohning  Logististika yoʻnalishiga 2-oʻrin(grant) hamda ushbu universitetning Moliya va moliyaviy texnologiyalar yoʻnalishiga 6-oʻrin (kontrakt); Oʻzbekiston Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha) yoʻnalishiga 14- oʻrin(kontrakt)va yana ushbu universitetining Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari boʻyicha) yoʻnalishiga 20-oʻrin(kontrakt) joylarni band qildi.

Shu maktabning yana bir bitiruvchisi Erkinboyeva Maftuna kirish imtihonlarida berilgan test savollarini  177.62 ballga yechib, respublikamizning eng nufuzli oliy taʼlim muassasalariga dastlabki natijalarga koʻra grant va kontrakt asosida oʻqish imkoniyatini qoʻlga kiritdi: Urganch davlat universitetiga 4-oʻrin(grant); Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga 182- oʻrin (grant); Oʻzbekiston Milliy universitetiiga 61- oʻrin (kontrakt); Fargʻona davlat universitetiga 36- oʻrin (kontrakt); Nukus davlat pedagogika institutiga 9- oʻrin (grant) oʻrinlarni egalladi.

Mamlakatimizda  yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan,  jumladan beshta oliy taʼlim muassasasidan birini tanlash imkoniyati mavjudligidan xursandman, endi oilamiz kattalari bilan maslahatlashib,  sharoitimizga qarab birini tanlaymiz,   deydi Erkinboyeva Maftuna.

R. SAPOYEVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.