Oilaviy mehmon uylari

0
737
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 avgustdagi “Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan joriy yilning birinchi chorakida 71 ta Oilaviy mehmon uylari qurildi.

Mamlakatimizda oilaviy mehmon uylari soni 179 taga yetdi. Ulardagi joylar soni 1 589 tani tashkil etadi.

Ayni kunda Samarqand viloyatida 34, Qashqadaryo viloyatida 24, Toshkent viloyatida 22, Surxondaryo viloyatida 20, Buxoro viloyatida 19, Toshkent shahrida 18, Xorazm viloyatida 13, Jizzax viloyatida 10, Navoiy viloyatida 7, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 6, Fargʻona viloyatida 3, Andijon viloyatida 2, Sirdaryo viloyatida 1 ta oilaviy mehmon uylari faoliyat yuritmoqda.

Oʻtgan uch oyda oilaviy mehmon uylari  1966 nafar mahalliy va 2882 nafar xorijiy, umuman 4848 nafar sayyohni qabul qilgan.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.