Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida sport gimnastikasi boʻyicha jahon kubogining tayanib sakrash boʻyicha ayollar oʻrtasida final bosqichi yakunlandi.
Eng kuchli 8 nafar sportchi orasida bahs olib borgan vakilamiz Oksana Chusovitina ijrosini hakamlar hayʼati 14,450 ball bilan baholashdi.
Finalchilar orasida faqatgina amerikalik Jeyd Keri(14,766) Chusovitinaga koʻra biroz yuqori natijaga erishdi. Yurtdoshimiz esa musobaqaning kumush medalini qoʻlga kiritdi. Shohsupaning uchinchi pogʻonasidan meksikalik Aleksa Moreno( 14,249) joy oldi.
Oksana Chusovitina endi 20-23 mart kunlari Doxada boʻlib oʻtadigan navbatdagi jahon kubogi bosqichiga yoʻl oladi. Yangi reglamentga koʻra, aynan ushbu musobaqalar Tokio-2020 Olimpaidasi kvalifikatsiyasining bosqichlari hisoblanadi.