Oksana Chusovitina: Parij-2024 Olimpiadasiga ham tayyorlanaman

0
207
marta koʻrilgan.

Ayni kunlarda sport gimnastikasi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtmoqda. Eʼtiborlisi unda ishtirok etgan afsonaviy atletimiz Oksana Chusovitina tayanib sakrash dasturida gʻalaba qozonib, ushbu yoʻnalishda ayni paytda mamlakatimizda tengi yoʻq ekanini isbotladi

Biz bu orada sportchimiz bilan bogʻlanib, Osiyo oʻyinlarining qoldirilgani uning yaqin rejalariga qanday taʼsir oʻtkazgani haqida soʻradik, deya xabar beriladi olympic. uz rasmiy veb- saytida

– Oksana, navbatdagi chempionlik bilan tabriklaymiz. Hisoblab koʻrdingizmi, bu Siz uchun nechanchi mamlakat chempionligi? 

– Rahmat, tabrik va eʼtibor uchun. Yoʻq, odatda men medallarimni sanamayman. Shu bois bu haqida aniq ayta olmayman. 

– Osiyo oʻyinlarining qoldirilishi rejalaringizga qanday taʼsir oʻtkazdi? Agar 2023 yil ham faoliyatingizni davom ettirsangiz, Parij-2024 Olimpiadasi haqida oʻylab koʻrsa boʻladi.

– Bu haqida yaxshilab oʻylab koʻrdim va Osiyo oʻyinlaridan soʻng Parij-2024 Olimpiadasiga ham tayyorlanishga qaror qildim!

Maʼlumot uchun, Oksana Chusovitina 8 bor Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etib, gimnastika tarixi va “Ginnesning rekordlari” kitobiga kiritilgan edi. Agar u Parij-2024 Olimpiadasida ham ishtirok etadigan boʻlsa, oʻz rekordini yaqin davr ichida hech kim yaqinlasha olmaydigan qilib yangilaydi. Yana ham hayratlanarlisi, oʻshanda u 49 yoshida bu ishni amalga oshirgan boʻladi.

Gujum. uz sayti tahririyati ham qalbi orzu intilishlarga toʻla Oksana Chusovitinaga omadlar tilaydi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.