Oksana Chusovitina Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining atletlar komissiyasi tarkibiga nomzod boʻldi

0
129
marta koʻrilgan.

Afsonaviy gimnastikachimiz Oksana Chusovitina Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining (XOQ) atletlar komissiyasi tarkibiga nomzodlik qilmoqda. Bu haqida sportchimizning oʻzi maʼlum qildi.

“Azizlarim, Sizlar bilan ajoyib yangilikni baham koʻrmoqchiman. Bugun men XOQdan tashkilotning atletlar komissiyasi aʼzoligiga nomzodlardan biri ekanim haqida maktub oldim. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va XOQ nomzodimni tanlashgani uchun ularga minnatdorchilik bildiraman”, – dedi Oksana Chusovitina.

XOQ prezidenti Tomas Bax ushbu oʻringa 30 nafar nomzod koʻrib chiqilayotgani va Tokio Olimpiadasi yakunida ularning 4 nafari komissiyaning toʻlaqonli aʼzoligiga qabul qilinishi haqida maʼlum qilgan.

Taʼkidlash joiz, bu oʻzbek sporti uchun ulkan yutuqdir. Shu paytgacha oʻzbekistonlik hech bir mataxassis mazkur komissiyaga aʼzo boʻlmagan. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Oksana Chusovitinaning XOQ atletlar komissiyasi tarkibiga kirishi yoʻlida ulkan muvaffaqiyat tilab qoladi.

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Axborot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.