Oksana Chusovitinaning sport kiyimi Lozannadagi Olimpiya muzeyini bezab turibdi

0
153
marta koʻrilgan.

Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi oʻzbek va jahon gimnastikasi afsonasi Oksana Chusovitinaning Tokio-2020 Olimpiadasida ishtirok etgan sport kiyimini (ekipirovkasini) Shveysariyaning Lozanna shahridagi Olimpiya muzeyiga joyladi.

Jahon gimnastikasi yulduzi, faxri  hamyurtimiz Oksana Chusovitina sakkizinchi Olimpiadasidan soʻng uni esdalik uchun muzeyga taqdim qildi.

Ushbu muzeydan zamonaviy Olimpiya oʻyinlariga oid eng qimmatli maʼlumot va eksponatlar joy olgan boʻlib, unga yiliga taxminan 250 ming nafar inson tashrif buyuradi.

Oksana Chusovitinaning sport kiyimi Olimpiya oʻyinlarining bosh muzeyini bezab turibdi

Ushbu muzeydan zamonaviy Olimpiya oʻyinlariga oid eng qimmatli maʼlumot va eksponatlar joy olgan boʻlib, unga yiliga taxminan 250 ming nafar inson tashrif buyuradi.

Olimpiya oʻyinlarining bosh muzeyi  zamonaviy kompyuter texnologiyalari va audiovizual vositalar bilan jihozlangan. Maskan Olimpiya oʻyinlari tarixini qadimgi davrdan to hozirgi kungacha aks ettiradi.

Muzeyni yaratish gʻoyasi zamonaviy Olimpiya oʻyinlarini tiklagan va Xalqaro Olimpiya qoʻmitasiga asos solgan fransuz baroni Pyer de Kubertenga tegishli. Muzey nihoyat 1993 yilda dunyo sport poytaxti markazi Lozanna shahridagi Ushi manzilida ochildi.

Ajoyib shakli bilan diqqatni oʻziga tortuvchi zamonaviy bino Jeneva koʻli boʻyida joylashgan va Olimpiya harakati tarixini namoyon etadigan dunyodagi eng katta axborot markazidir.

Olimpiya muzeyi maydoni 3000 kvadrat metrni tashkil qiladi, unga tutash 8000 kvadrat metrdan ortiq goʻzal xiyobon sportga oid koʻplab haykallarni oʻz bagʻriga jo etgan.

Doimiy koʻrgazmada 10 mingga yaqin eksponat mavjud. Bundan tashqari, muzey boʻylab 150 dan ortiq interfaol ekranlar oʻrnatilgan. 

GUJUM.UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.