«Olimpiya choʻqqilari” chempionati 

0
275
marta koʻrilgan.

Ayni kunlarda mamlakatimizda Olimpiya zaxiralari kollejlari oʻquvchilari oʻrtasida “Olimpiya choʻqqilari” Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtmoqda.

Musobaqalarda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tasarrufidagi kollej jamoalari qatnashmoqda. Bellashuvlar respublika hududidagi tegishli sport bazalarida suzish, gimnastika, kurash, dzyudo kabi sportning 19 turi boʻyicha boʻlib oʻtmoqda.

Kecha  poytaxtdagi Respublika Olimpiya zahiralari kollejida yunon — rum kurashi boʻyicha oʻsmir yigitlar oʻrtasida bellashuv boʻlib oʻtdi.

Musobakalarni oʻtkazishdan asosiy maqsad va vazifalar nimalardan iborat? Ushbu savolimizga Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasining sport musobaqalari boʻyicha mutaxassisi Ruslan Abdullayev shunday dedi:

– Musobakalarni oʻtkazishdan asosiy maksad va vazifalar kollejlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi”da belgilangan vazifalar  boʻyicha sport zahirasi kollejlarida malakali sportchilarni tayyorlash tizimini doimiy ravishda muvofiklashtirib borish hamda yoshlar oʻrtasida Osiyo va Olimpiya oʻyinlarida munosib ishtirok etadigan iqtidorli sportchilarni tarbiyalash hamda tanlab olishdir. Oʻzbekiston yoshlar terma jamoalari uchun zaxira sportchilarni tayyorlash jarayonida oʻquvchilarning mahoratini oshirish hamda sport turlari boʻyicha eng kuchlilarini aniqlashdan iborat.

Respublika Olimpiya zahiralari kolleji yunon- rum kurashi  boʻyicha bosh murabbiy Olimjon Qurbonov fikri: – Sport musobaqalari orqali yoshlarda oʻz irodasi, kuchi va imkoniyatlariga boʻlgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuygʻularini kamol toptirish maqsadi ham koʻzlangan. Musobaqalarda kollejlarning 8-9-10-sinflarida taʼlim olayotgan 2004-2005-2006 yillarda tugʻilgan oʻquvchi-sportchilar ishtirok etmoqdalar.

– Kichik yoshdagi sportchilar qatnasha olmaydilarmi?

– Kichik yoshdagi sportchilar ham qatnashishi mumkim. Faqat maxsus ruxsatnoma zarur yaʼni tibbiy xulosa asosida ishtirok etishlari mumkin.

Sovrindorlar qanlay aniqlanadi? Ushbu savolga Sport yakkakurashlari boʻyicha  Respublika Oliy sport mahorati maktabi treneri,  musobaqa hakami, Xalqaro toifa boʻyicha 1-darajali hakam  Gʻayratulla Abdullayev javob berdi: – Gʻoliblik musobakalarda erishgan  oʻrinlari yaʼni  shaxsiy, guruhdagi va jamoa bellashuvlarida qoʻlga kiritgan medallariga karab belgilanadi.

 Umumjamoa hisobida 1-2-3-oʻrinni egallagan jamoa Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 1-2-3-darajali diplom, kuboklari bilan taqdirlanadilar. Shaxsiy bellashuvlarda 1-2-3-oʻrinni egallagan musobaka ishtirokchilari oltin, kumush, bronza medallariga sazovor boʻladilar va 1-2-3-darajali diplomlar beriladi. Guruhdagi musobaqalar ishtirokchilariga 1-2-3-oʻrinni egallagan jamoalar 1-2-3-darajali diplomlar bilan mukofotlanadi.

Suhbat jarayonida shuni bildikki, darhaqiqat, ushbu musobaqalar voyaga yetmagan yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirishda, jismoniy tarbiya va sportning ahamiyatini targʻib qilishda hamda yuqori toifali sportchilarni tayyorlashda katta ahamiyatga egadir.

Suhbatdosh: Javlon SAʼDULLAYEV

Bosh sahifada Shavkat Shafiyev hakamligidagi bellashuv tasviri (Muallif olgan suvratlar).

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.