Olimpiya oʻyinlari litsenziati Muattar Nabiyeva – jahon chempionatida shohsupaga koʻtarilgan ilk ogʻir atletikachi qiz

0
300
marta koʻrilgan.

Ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionati sovrindori Muattar Nabiyeva  – Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari litsenziati.

Muattar Abdullajon qizi Nabiyeva 1996 yil 2 iyun kuni Andijon viloyati, Baliqchi tumanida tugʻilgan. Birinchi murabbiyi Xomitqul Madazimov. 2014 yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi.

Nabiyeva xalqaro maydondagi ilk muvaffaqiyatiga 2016 yil erishdi. Tbilisida oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi dunyo birinchiligida hamyurtimiz bronza medaliga sazovor boʻldi. 2017 yil “Islom birdamligi oʻyinlari”da bronza, Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlarida kumush medal sohibasiga aylandi.

2018 yil Osiyo chempionatini bronza medali bilan yakunladi. 2019 yil kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatida dast koʻtarish mashqi boʻyicha bronza medalini qoʻlga kiritdi. Qayd etish joiz, Nabiyeva shu tariqa kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatida shohsupaga koʻtarilgan ilk ogʻir atletikachi qizimizga aylandi.

Hamyurtimiz joriy yil Toshkentda oʻtgan Osiyo chempionatini uchinchi oʻrinda yakunladi. Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi eʼlon qilgan reyting boʻyicha Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma oldi.

gujum.uz Olimpiya oʻyinlari litsenziati Muattar Nabiyeva – jahon chempionatida shohsupaga koʻtarilgan ilk ogʻir atletikachi qiz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.