Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik ishlari koʻrib chiqildi

0
87
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 may kuni yozgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik jarayoniga oid taqdimot bilan tanishdi.

Yaponiya poytaxti Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan mazkur nufuzli musobaqaga sportchilarimizni tayyorlash uchun keng sharoit yaratilgan edi. Yuqori malakali mutaxassislar jalb qilinib, yuzlab oʻquv-mashgʻulotlar tashkil etildi. Bugungi kungacha sportchilarimiz yozgi Olimpiya oʻyinlariga 41 ta, Paralimpiya oʻyinlariga 16 ta yoʻllanma olgan.

Taqdimotda Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik holati tanqid qilinib, qoniqarsiz deb baholandi. May-iyul oylaridagi musobaqalarda yana yoʻllanmalarni qoʻlga kiritish uchun sportchilar va ularning jamoasini qoʻllab-quvvatlash zarurligi taʼkidlandi. Sportchilarga xizmatlarni kuchaytirish, ularni har tomonlama ragʻbatlantirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Federatsiyalar faoliyatini takomillashtirib, jalb qilingan malakali sport menejerlari bilan birga olimpiadachilarning jismoniy, tibbiy va psixologik holatini yaxshilash uchun har bir sport turi boʻyicha alohida dasturlar ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.