Parlament komissiyasining 2018 yil 1 iyundagi 33-sonli Qaroriga 2 -ilova
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi
“Aholining ijtimoiy-maʼnaviy, ekologik, tibbiy madaniyatini oshirishda, ijtimoiy tadbirkorlik, turizmning innovatsion turlarini joriy etishda NNTlar faolligini kuchaytirish”mavzuida Davlat grantlari ajratish uchun tanlov EʼLON QILADI
Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyiha buyurtmanomalari qabul qilinadi:
- Davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklik asosida hududlarda chiqindilarni ikkilamchi qayta ishlashning innovatsion texnologiyalarini joriy qilishni kuchaytirish;
- Joylardagi mahalliy davlat organlariga aholining ijtimoiy koʻmakka ehtiyojmand qatlamlari ayollar, yoshlar va nogironlarning doimiy bandligini taʼminlashga, ularni xalq hunarmadchiligi tayyor mahsulotlarini ishlab chiqarish, oilaviy biznes va tadbirkorlikning turli shakllariga jalb qilishga koʻmaklashish;
- Sogʻliqni saqlash muassasalari bilan ijtimoiy sheriklikda yuqumli kasalliklar profilaktikasi toʻgʻrisida aholining xabardorligini oshirish, jamiyatda sogʻlom turmush tarzi tamoyillarini keng targʻib etish;
- Yoshlarning tibbiy-ekologik va ijtimoiy-maʼnaviy madaniyatini yuksaltirishda NNT va OAV oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish;
- “Maʼnaviyat oiladan boshlanadi” shiori ostida xotin-qizlar salomatligini yaxshilashga qaratilgan oilaviy qadriyatlarni, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish;
- Aholining ekologik va tibbiy madaniyatini yuksaltirish, aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda OAV rolini kuchaytirish;
- Ota-ona qarovisiz qolgan, shuningdek, imkoniyati cheklangan bolalar muammolari boʻyicha ijtimoiy reklama, maxsus telekoʻrsatuv, radioeshittirishlar, maqolalar tayyorlash, efirga uzatish, chop etish;
- Aholi, avvalambor, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ular oʻrtasida maʼnaviy qadriyatlarni mustahkamlash, mustaqil fikrlashni shakllantirishga koʻmaklashish;
- Davlat organlari bilan ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga, sifatli kommunal xizmatlar koʻrsatishga, aholini maishiy yashash sharoitlarini yaxshilashga koʻmaklashish;
- Chiqindilarga ikkilamchi ishlov berish jarayonini yanada kengaytirish, ijtimoiy infratuzilma obyektlarida zamonaviy innovatsion energiya va suv tejash texnologiyalarini qoʻllashga koʻmaklashish;
- Jamiyatning maʼnaviy asoslarini yanada rivojlantirishda oilaning oʻrni va ahamiyatini oshirishga koʻmaklashish, azaliy milliy qadriyatlarni mustahkamlash, jamiyatda yuksak maʼnaviyat va sogʻlom turmush tarzini keng qaror toptirish;
- Oilada tibbiy madaniyatni shakllantirish va oshirish, toʻgʻri ovqatlanish, kamqonlik va gigiyena sohasida qizlarning tibbiy madaniyatini yuksaltirish;
- Yosh avlodni maʼnaviy tarbiyalash darajasini oshirish, yoshlarni giyohvandlik, axloqsizlik va zararli taʼsirdan himoya qilish;
- Yosh avlodni tarbiyalash jarayonida taʼlim muassasalarining oila va mahalla institutlari bilan hamkorligini kuchaytirish, ularda estetik did, oʻzbek xalqining milliy, tarixiy va madaniy merosini, boy tarixini, mustaqil Oʻzbekistonning zamonaviy yutuqlarini hurmat qilishni shakllantirish;
- Turizmning tarixiy-ilmiy, ekologik, faol, gastronomik va boshqa turlarini xorijiy auditoriya oʻrtasida ommalashtirish orqali Oʻzbekistonning sayyohlik hamda madaniy-tarixiy jozibadorligini kuchaytirish.
Davlat granti ajratilishi uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish zarur:
- Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;
- www.fundngo.uz veb-saytida joylashtirilgan shaklda toʻldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;
- Oxirgi oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan davlat roʻyxatidan oʻtgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
- Tashkilotning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
- Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi taqdim etiladi.
- Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining iltimosnomalari, tavsiya xatlari ilova qilinishi mumkin.
Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 30 million soʻmgacha.
Hujjatlar 2018 yil 7 iyundan 13 iyulgacha qabul qilinadi.
Hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “Oʻzbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil boʻyicha qabul qilinadi: 100163, Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 43-uy.
Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fundngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.
Maʼlumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-64.