Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi
“Ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqaror boʻlmagan mahallalarda aholini kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, bandligini taʼminlash hamda tadbirkorlikka jalb qilishga koʻmaklashish”mavzuida Davlat grantlari ajratish uchun 1-tanlovni
EʼLON QILADI
Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:
- Ishsiz xotin-qizlar va yoshlarni tadbirkorlik, bank-moliya sohasidagi bilimlarini oshirish hamda doimiy bandligini taʼminlash;
- Boquvchisi boʻlmagan va nogiron xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish, uy xoʻjaligini rivojlantirish va bandligini taʼminlashga koʻmaklashish;
- Ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy-maʼnaviy va iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash;
- Uyushmagan yoshlarni kasb-hunar egallashga jalb qilish, ularga ijtimoiy-maʼnaviy va psixologik koʻmak koʻrsatish;
- Mahallalardagi ehtiyojmand aholi, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarning xohish va istaklarini oʻrganish hamda isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlash;
- Mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarga tizimli profilaktik, bandlik va boshqa shu kabi sohalarda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish;
- Nizoli vaziyatlar, oilaviy-maishiy zoʻravonlik, oʻz joniga qasd qilish holatlarini oldini olishda jamoatchilikning rolini yuksaltirish;
- Notinch va noqobil farzandlari boʻlgan oilalar bilan manzilli ish olib borish, barqaror maʼnaviy muhitni yaratish;
- Odam savdosini oldini olish boʻyicha profilaktik ishlar va undan jabr koʻrganlarga ijtimoiy-psixologik, iqtisodiy va maʼnaviy koʻmak koʻrsatish.
Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;
- Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fondngo.uz rasmiy veb sayti va t.me/group_jamoat_fondi telegram kanalida joylashtirilgan shaklda toʻldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;
- Oxirgi oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan davlat roʻyxatidan oʻtgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
- Tashkilotning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
- Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;
- Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qoʻllab-quvvatlash xatlari.
Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 100 million soʻmgacha.
Hujjatlar 2022 yil 30 aprelidan 31 mayigacha qabul qilinadi.
Hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “Oʻzbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil boʻyicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor koʻchasi, 1-uy.
Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fondngo.uz rasmiy veb saytida tanishish mumkin.
Maʼlumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi
“Aholiga islohotlarning mazmun va mohiyatini yetkazish, ularning ongi, maʼnaviy-maʼrifiy dunyoqarashini oʻzgartirish”mavzuida Davlat grantlari ajratish uchun 2-tanlovni
EʼLON QILADI
Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:
- Mahallada “Jaholatga qarshi maʼrifat” gʻoyasi asosida keng targʻibot ishlarini tizimli tashkil etish;
- “Mahalla – ijtimoiy adolat maskani” shiori ostida islohotlarning mazmun mohiyatini mahalla aholisiga singdirish;
- “Adolat — qonun ustuvorligida” mahalla fuqarolarida yuksak huquqiy madaniyatni, qonun va inson huquqlariga hurmat munosabatini shakllantirish;
- “Mustaqillik eng avvalo huquqdir!” jamiyatda inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish madaniyatini shakllantirish;
- “Konstitutsiya mening taqdirimda” aholini oʻz huquqlarini puxta bilish va qonun ustuvorligini taʼminlashga oʻrgatish;
- Mahallalarda bunyodkorlik ishlari va ijtimoiy-maʼnaviy oʻzgarishlarni ingliz, rus va boshqa xorijiy tillarda yoritish va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish;
- Yangi Oʻzbekiston strategiyasining mahalladagi amaliy natijasini milliy va xorijiy media manbalarda yoritish;
- Demokratik islohotlar natijalari, inson qadrining mahalladagi amaliy ifodasini bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida keng yoritish;
- Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini taʼminlash ishlarida fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini kuchaytirish;
- “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir” gʻoyasi asosida ota-bobolarimizdan meros boʻlib qolgan ilm-maʼrifat durdonalarini aholining keng qatlamiga tushuntirish ishlariga koʻmaklashish