Oliy Majlis Senati binosi isitilishi ham el qatori

0
277
marta koʻrilgan.

Bugun Senatda ham binolar sovuq, senatorlar xonalar sovuqligidan paltoda oʻtiribdi.

Oliy Majlis Senatining Agrar va suv xoʻjaligi qoʻmitasi raisi Bahodir Tojiyevning aytishicha, bugun Senatda ham «svet» oʻchyapti.

— Men toʻgʻrisini aytaman, oʻzim 2-qavatda oʻtiraman, xonaning harorati 15-20 gradusdan oshmayapti. Paltomni kiyib oʻtiraman. Buni men yashirmayman. Bugun butun xalqimiz qiynalyapti, — deydi senator.

Yana bir Senat aʼzosi Farhod Boqiyev ham mazkur muammoga toʻxtalib oʻtdi:

— Senatda bino oʻzi issiqmi yoki yoʻqmi, gapni shu savoldan boshlaylik. Bugun Senatda ham binolar sovuq. Salqin xonalarda oʻtiribmiz. Buni yashiradigan joyi yoʻq.

https://t.me/olimjon_usarov

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.