Oliy taʼlim muassasasidagi oʻqishini koʻchirmoqchi, qayta tiklamoqchi boʻlganlar koʻchirishga boʻlgan sabablarni asoslashlari shart emas

0
272
marta koʻrilgan.

Bu haqda  Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.

Oʻqishni koʻchirish va koʻchirib tiklash toʻgʻrisidagi arizalar va hujjatlar 2019 yilning 15 iyulidan 5 avgustigacha boʻlgan muddatda vazirlikning hududiy ishchi guruhlari tomonidan qabul qilinadi.

Arizalarni qabul qilish boʻyicha hududiy ishchi guruhlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi bittadan OTMda tashkil etilib, hududiy ishchi guruhlari tashkil etiladigan OTMlar roʻyxati Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan 2019 yilning 15 iyuliga qadar tasdiqlanadi va vazirlikning rasmiy veb-saytida va telegram kanalida eʼlon qilinadi.

Koʻchirishga boʻlgan sabablarni asoslovchi hujjatlarni topshirish majburiy emas.

Xorijiy OTM muassasalaridan OʻzR OTMlariga oʻqishini koʻchirish istagini bildirganlar oʻqishini koʻchirmoqchi boʻlgan taʼlim yoʻnalishiga kirish fanlaridan maxsus sinov topshiradilar.

Xorijiy OTMlaridan maxsus sinovlarsiz koʻchiriladigan Rossiya Federatsiyasi davlat oliy taʼlim muassasalari (oliy taʼlim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik roʻyxatdan joy olgan) roʻyxati iyul oyida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy veb-saytida va telegramm kanalida eʼlon qilinadi.

Oʻqishni qayta tiklash boʻyicha chetlatilganligiga necha yil boʻlganligidan qatʼiy nazar oʻqishni qayta tiklash toʻgʻrisidagi arizalar muayyan OTM tomonidan koʻrib chiqiladi va qaror qabul qilinadi.

Oʻqishni qayta tiklash (koʻchirib tiklash emas) boʻyicha arizalar har bir OTMning qabul komissiyasi tomonidan 2019 yilning 15 iyulidan 5 avgustiga qadar qabul qilinadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.