Shavkat Mirziyoyev Talabalar shaharchasidagi madaniyat saroyida Olmazor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid loyihalar bilan tanishdi.
Olmazor tumanining yangi markazi — «Olmazor city»ni barpo etish loyihasi taqdimoti oʻtkazildi. Yangi Olmazor koʻchasi va Kichik halqa yoʻli oʻrtasidagi 24 gektardan ziyod hududda barpo etiladigan ushbu mavzeda maʼmuriy binolar, koʻp qavatli uylar, zamonaviy biznes markaz, mehmonxona va xiyobon, taʼlim va tibbiyot muassasalari qurish rejalashtirilgan.
Davlatimiz rahbari loyiha taklifini maʼqulladi.
Yoshlar bilan ishlash, sanoat va turizmni rivojlantirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Tumandagi boʻsh turgan binolarni inventarizatsiyadan oʻtkazish, xorijiy investitsiyalar va texnologiyalar olib kelish, odamlarga ish oʻrinlari yaratish zarurligi taʼkidlandi.