Olmazor tumanini rivojlantirish boʻyicha topshiriqlar berildi

0
100
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 29 iyun kuni Toshkent shahri va tumanlari hokimlari, mutasaddi rahbarlar ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

Mahalliy byudjetlar mustaqilligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida Olmazor tumanida 5 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ qolgani, bu hududdagi muammolarni hal etish, yangi loyihalarni amalga oshirishga asos boʻlishi taʼkidlandi.

Lekin, tuman koʻpgina koʻrsatkichlar boʻyicha rivojlanishdan orqada qolayotgani tanqid qilindi. Xususan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi Toshkent shahridagi oʻrtacha koʻrsatkichdan 2 barobar, xizmat koʻrsatish koʻlami 3 barobar kam ekani koʻrsatib oʻtildi.

Mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish, ishlamayotgan zavodlarni tiklash, yangi korxonalar tashkil etish, tadbirkorlik va xizmat koʻrsatishni rivojlantirish hisobidan odamlarga daromad manbai yaratish zarurligi qayd etildi. Tumanda 15 mingta ish oʻrni tashkil etish boʻyicha topshiriq berildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.