2018-2019 oʻquv yili natijasiga koʻra respublika umumiy oʻrta taʼlim maktablarining jami 4990 nafar oʻquvchilari oltin va kumush medal bilan taqdirlandi, deya xabar beradi Xalq taʼlimi vazirligi Axborot xizmati.
Shundan 2524 nafar oʻquvchi oltin, 2466 nafari esa kumush medallarni qoʻlga kiritdi.
Oltin va kumush medal sohiblariga oliy taʼlim muassasalariga kirishda hech qanday imtiyoz berilmaydi.