Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida

1
93
marta koʻrilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimizda taʼlim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, sohaga doir islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, oʻquv-tarbiya jarayoniga milliy va ilgʻor xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish ishlariga qoʻshgan munosib hissasi, oʻquvchilarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni oʻrgatish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, Yangi Oʻzbekistonni bunyod etish va Uchinchi Renessans poydevorini yaratish yoʻlidagi katta xizmatlari, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni ona Vatanga mehr va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlansin:  

«Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi» faxriy unvoni bilan

Mustofoyev Jumanazar Safoyevich — Buxoro davlat universiteti Qorakoʻl akademik litseyining matematika fani oʻqituvchisi, Buxoro viloyati

Shamsidinov Abduqodir Umarovich — Marhamat tumanidagi 47-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi, Andijon viloyati

                    «Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi»  faxriy unvoni bilan

Mamadaliyev Isomiddin Imomaliyevich — Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 5-umumiy oʻrta taʼlim maktabining geografiya va biologiya fanlari oʻqituvchisi, Namangan viloyati

Eshankulov Baxodir Axmadaliyevich — Oʻrta Chirchiq tumanidagi 124-imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktab-internati tarbiyachisi, Toshkent viloyati

                            «Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi»           faxriy unvoni bilan

Bogdasarova Tatyana Mixaylovna — Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 49-umumiy oʻrta taʼlim maktabining tarix fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

Uralov Abduvali Turgunovich — Guliston tumanidagi 8-umumiy oʻrta taʼlim maktabining musiqa madaniyati fani oʻqituvchisi, Sirdaryo viloyati

Formanov Shakir Kasimovich — Oʻzbekiston Milliy universitetining ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi professori

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Baytemirov Asadulla Xaitboyevich — Zarbdor tumanidagi 25-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Jizzax viloyati

Tuxliyev Nurislam — Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi kafedrasi professori

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Abduvalitov Yergash Buranevich — Toshkent davlat pedagogika universitetining qozoq tili va adabiyoti kafedrasi mudiri

Bakirov Abduvali — Angren shahridagi 1-kasb-hunar maktabining maxsus fan oʻqituvchisi, Toshkent viloyati

Dadadjanova Eleonora Abduvaxabovna — Fargʻona viloyati chet tillarni oʻqitishga ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internati direktori

Jalalova Nilufar Abdirashidovna — Yakkasaroy tumanidagi 319- ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining informatika fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

Kuchkarov Abdulla Madaminovich — Shovot tumanidagi Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro fizika va matematika maktab-internatining matematika fani oʻqituvchisi, Xorazm viloyati

Mardonova Nigora Axatkulovna — Samarqand imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabi tarbiyachisi, Samarqand viloyati

Maxmudov Ravshanbek Jalilovich — Guliston davlat universitetining milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi kafedrasi professori, Sirdaryo viloyati

Mengliyev Abduraxmon Javliyevich — Qiziriq tumanidagi 14-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati

Mirzabayev Serikbay Dauilbayevich — Nukus shahridagi 2-kasb-hunar maktabining bosh ustasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Rixsiyev Mamurjon Akromovich — Chilonzor tumanidagi 217-umumiy oʻrta taʼlim maktabining texnologiya fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

Toshpulatov Bobir Buronovich — Gʻuzor tumanidagi 68-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining fizika fani oʻqituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Tursunova Xurmat Toshevna — Kogon tumanidagi 3-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Buxoro viloyati

Xalilova Moxira Kodirovna — Nurota tumanidagi 6-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Navoiy viloyati

II darajali «Sogʻlom avlod uchun» ordeni bilan

Adilova Shoira Muxammadiyevna — Oqoltin tumanidagi «Barkamol avlod» bolalar maktabi direktori, Sirdaryo viloyati

Amirova Zuvayda Shadmanovna — Termiz shahridagi kasb-hunar maktabining informatika fani oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati

Babadjanov Xushnut — Urganch davlat universitetining rus tili va adabiyoti kafedrasi professori, Xorazm viloyati

Davlatova Manzura Asrorovna — Karmana tumanidagi «Begim Kids» nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachi-uslubchisi, Navoiy viloyati

Yelmuratov Baxitbay Kuanishbayevich — Taxtakoʻpir tumanidagi 3-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining musiqa fani oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Jumaniyazova Muxabbat Boltayevna — Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Xorazm viloyati

Joʻrayeva Hidoyat Shodiyevna — Navbahor tumanidagi 16-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Navoiy viloyati

Zairov Djura Tashpulatovich — Sport yakkakurashlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabining ogʻir atletika boʻyicha murabbiysi

Isaqova Adolat Valiyevna — Norin tumanidagi 37-umumiy oʻrta taʼlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi, Namangan viloyati

Ismailova Shoira Pulatovna — Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti akademik litseyining informatika fani oʻqituvchisi

Kazabayeva Ozoda Alimuxamedovna — Parkent tumanidagi 25-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Toshkent viloyati

Kuvatova Dilnavoz Namazovna — Qarshi shahridagi 46-maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi, Qashqadaryo viloyati

Mamajonova Muxabbatxon Maxkamovna — Qoʻshtepa tumanidagi 30-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati

Mirzayeva Ravshanoy Xurbayevna — Paxtaobod tumanidagi 1-kasb-hunar maktabi direktori, Andijon viloyati

Misirova Manzura Abdumajitovna — Doʻstlik tumanidagi 3-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Jizzax viloyati

Olimova Zevar Sultonovna — Vobkent sanoat va transport texnikumining maxsus fan oʻqituvchisi, Buxoro viloyati

Raxmonova Xusniya Usmonovna — Payariq tumanidagi «Happy Dreams House» nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari, Samarqand viloyati

Sabirova Dono Ilxamjonovna — Yakkasaroy tumanidagi «Lider bolalar maktabi» nodavlat taʼlim tashkilotining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Toshkent shahri

Saidova Gulbahor Xudayberganovna — Amudaryo tumanidagi 5-umumiy oʻrta taʼlim maktabining fransuz tili fani oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Sobirova Muyassarxon Parpibayevna — Bekobod tumanidagi 2-maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi, Toshkent viloyati

Shaymuratova Dilyara Rashidovna — Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 71-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Toshkent shahri

«Doʻstlik» ordeni bilan

Adilova Mashkura Nasirovna — Qibray tumanidagi 30-umumiy oʻrta taʼlim maktabining fizika fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyati

Azimov Mumin Usmanovich — Koʻkdala tumanidagi Chiroqchi pedagogika kolleji direktori, Qashqadaryo viloyati

Annayev Tuxtash Jurayevich — Termiz davlat universitetining Oʻzbekiston tarixi va manbashunoslik kafedrasi katta oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati

Axmedov Ashraf — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti sharq xalqlari fani va madaniyati tarixi boʻlimi boshligʻi

Dusova Zuxra Maxmudovna — Tomdi tumanidagi 1-oilaviy bolalar uyi tarbiyachisi, Navoiy viloyati

Juravleva Olga Anatolyevna — Paxtakor tumanidagi 2-umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Jizzax viloyati

Kadirimbetova Salima Rasbergenovna — Nukus tumanidagi 22-umumiy oʻrta taʼlim maktabining qoraqalpoq tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Kambaraliyev Tairjon Nurmatovich — Uchqoʻrgʻon tumanidagi 6-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining matematika fani oʻqituvchisi, Namangan viloyati

Mamatxalilova Gulbaxar Sadirovna — Jalaquduq tumanidagi 29-umumiy oʻrta taʼlim maktabining qirgʻiz tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, Andijon viloyati

Nozadze Tamara Vasilyevna — Yashnobod tumanidagi 166-umumiy oʻrta taʼlim maktabining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

Nurullayeva Nigora Nazirovna — Urganch davlat universiteti akademik litseyining nemis tili fani oʻqituvchisi, Xorazm viloyati

Plazinskaya Marina Stanislavna — V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining musiqa nazariyasi boʻlimi oʻqituvchisi

Raxmatullayeva Elvira Railevna — Buxoro shahridagi «The Knowledge Academy» nodavlat taʼlim tashkilotining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Buxoro viloyati

Ruziyeva Larisa Raximovna — Samarqand shahridagi 1-imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktabi direktori, Samarqand viloyati

Tugusheva Zulfiya Fanilevna — Margʻilon shahridagi 6-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining nemis tili fani oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati

Urazbayeva Mavlyuda Anvarovna — Toshkent shahridagi «Barkamol avlod» bolalar maktabining toʻgarak rahbari

«Shuhrat» medali bilan

Abilkasimov Akmal Bekturdiyevich — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani oʻqituvchisi

Alimova Gulchexra Gafurovna — P.Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabining liboslar dizayni fani oʻqituvchisi

Ataboyeva Sevara Mamasaliyevna — Toshkent shahridagi Prezident maktabining ingliz tili fani oʻqituvchisi

Bozorov Sayfullo Sadullayevich — Mirishkor tumanidagi 21-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Botirova Guzalxon Turdiyevna — Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi

Davlatov Nosirjon Ergashaliyevich — Quva tumanidagi 49-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ingliz tili fani oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati

Doniyorov Sodiq Holiqovich — S.Sirojiddinov nomidagi respublika akademik litseyining kimyo fani oʻqituvchisi

Jumaniyozov Erkaboy Raxmonovich — Yangihayot tumanidagi 8-umumiy oʻrta taʼlim maktabining fizika fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

Ikromov Gʻolibjon Tolibjonovich — Shayxontohur tumanidagi 102-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

Karimova Farida Azatbayevna — Ohangaron tumanidagi 27-umumiy oʻrta taʼlim maktabining tarix fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyati

Kdirbayeva Lala Abdikadirovna — Qoʻngʻirot tumanidagi 43-umumiy oʻrta taʼlim maktabining oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Qarshiboyeva Maʼmura Amirkulovna — Sharof Rashidov tumanidagi «Mubinabonu» oilaviy bolalar uyi rahbari, Jizzax viloyati

Qurbonov Boburmirzo Xoshimjonovich — Buvayda tumanidagi 2-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining kimyo fani oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati

Mamadaliyeva Muxayyo Ubaydullayevna — Uchkoʻprik tumanidagi 27-maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi, Fargʻona viloyati

Saparova Dilshoda Adashevna — Tayloq tumanidagi 8-umumiy oʻrta taʼlim maktabining geografiya fani oʻqituvchisi, Samarqand viloyati

Safarov Rustam Dusiyorovich — Yashnobod tumanidagi 77-ixtisoslashtirilgan koʻzi ojizlar maktab-internati direktori, Toshkent shahri

Subxonov Nurmurod Haydarovich  Romitan tumanidagi 41-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi, Buxoro viloyati

Tokumbetov Shavkat Kaipnazarovich — Toʻrtkoʻl tumanidagi 63-umumiy oʻrta taʼlim maktabining fizika fani oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Tusmatov Oybek Gʻafurovich — Izboskan tumanidagi 14-umumiy oʻrta taʼlim maktabining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi, Andijon viloyati

Ulugʻberdiyeva Gulchehra Aliqulovna — Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyining matematika fani oʻqituvchisi, Navoiy viloyati

Umarova Muxayyo Shamshidinovna — Uychi tumanidagi 30-maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi, Namangan viloyati

Umrzakov Sarvarbek Muxamadovich — Boʻston tumanidagi 48-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika va informatika fanlari oʻqituvchisi, Andijon viloyati

Oʻtalov Lutfulla Narzullayevich — Gʻallaorol tumanidagi 19-umumiy oʻrta taʼlim maktabining fizika fani oʻqituvchisi, Jizzax viloyati

Fuzailova Xulkar Ergashevna — Jomboy tumanidagi 18-umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Samarqand viloyati

Xaitov Xusniddin Xasanovich — Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Sirdaryo viloyati

Xamdamova Muxayyo Soxibnazarovna — Bektemir tumanidagi 293-umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

Xasanova Aydin Bekturdiyevna — Gurlan tumanidagi 6-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi, Xorazm viloyati

Xudayberganova Muxayyo Sabirovna — Urganch shahridagi 1-kasb-hunar maktabining ishlab chiqarish taʼlimi ustasi, Xorazm viloyati

Xusanova Zumrad Nozimjonovna — Mirobod tumanidagi «Excellence Education Group» nodavlat taʼlim tashkiloti rahbari, Toshkent shahri

Haydarov Oʻktam Xazratovich — Qorakoʻl tumanidagi 53-umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Buxoro viloyati

Sharapov Toʻra Neʼmatovich — Yakkabogʻ tumanidagi 40-umumiy oʻrta taʼlim maktabining informatika fani oʻqituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Yuldashova Barchinoy Nurillayevna — Konimex tumanidagi 2-umumiy oʻrta taʼlim maktabining musiqa fani oʻqituvchisi, Navoiy viloyati

          Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti             Sh.Mirziyoyev

Yoyish

1 mulohaza

  1. “Sogʻlom ona va sogʻlom bola” markazi va GUJUM.UZ cayti nomidan Murabbiy maqomiga erishgan barcha oʻqituvchilarni davlat eʼtirofiga erishgani bilan qutlaymiz!
    Fidokorona mehnatlarining rohatini koʻrishlarida tilakdoshmiz!

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.