Oʻquvchilar insho tanlovi: Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz

0
272
views

9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan  Toshkent shahar umumtaʼlim maktablarining 8-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida ezgu amal — insholar tanlovini  uch bosqichda oʻtkazish yoʻlga qoʻyildi.

Kuni kecha Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 152-sonli,  Yakkasaroy tumanidagi 127-sonli,  Uchtepa tumanidagi 14-sonli umumtaʼlim maktablarida insholar tanlovi oʻtkazildi va u davom qilmoqda.

Oʻquvchilar oʻz ijodiy ishlarida mamlakatimizda korrupsiyaga chek qoʻyish va uni oldini olish yechimlari toʻgʻrisida oʻz fikr- mulohazalarini bayon etishayotgani eʼtiborga molik. Tanlov jarayonlari hamkor tashkilotlar, deputatlar tomonidan kuzatib borilmoqda.

Tanlov yakunida 1-2-3-oʻrinni egallagan oʻquvchilar tuman xalq taʼlimi  boʻlimlari tomonidan munosib taqdirlandi. Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan yoshlar ushbu tanlovning shahar bosqichida tuman nomidan ishtirok etadilar.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here