Gurlan tumanidagi 33-son umumtaʼlim maktabida rasm chizish boʻyicha tanlov oʻtkazildi.
«Turk bolalariga yordam» mavzusidagi tanlov chizmachilik fani oʻqituvchisi Amanjulova Feruza rahbarligida tashkil etildi. Maqsad bolalarning dunyo voqealaridan xabardorligini oshirish, sanʼatga mehrini, salohiyatini yuksaltirish va zilzila tufayli jarohat olgan tengdoshlarining dardini his qilishga oʻrgatishdir.
Tanlovda 6-sinf oʻquvchilari Muhammedova Madinabonu 1-oʻrinni, Joʻshbayev Azizbek 2-oʻrinni egallab, tuman bosqichiga yoʻllanma olishdi.
Oʻquvchilarimizga tuman bosqichida muvaffakiyatlar tilaymiz.
Jumagul Roʻzmetova, GUJUM.UZ caytining jamoatchi muxbiri