Urganch shahridagi 24-son ixtisoslashgan umumtaʼlim maktabida Qayqovusning “Qobusnoma” kitobi chuqur oʻqib oʻrganilmoqda.
Kecha maktabda kitob asosida odob-ahloq, oilada farzand tarbiyasi, ota-ona burchi, vatanparvarlik kabi milliy qadriyatlar haqida dildan suhbat oʻtkazildi.
Tadbirda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoir, jurnalist Erkin Madrahimov ishtirok qildi va bolalarga kitobning tarixiy, maʼnaviy-maʼrifiy, tarbiyaviy ahamiyati haqida atroflicha gapirib berdi.
Gulyor Palvanova.