«Oriyent keramik» korxonasi mahsulotlari deyarli yuz foiz mahalliy xomashyodan tayyorlanmoqda

0
248
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbari 2017 yilda Chilonzor tumaniga tashrifi chogʻida «Oriyent keramik» korxonasi loyihasini maʼqullagan edi.

Shundan soʻng foydalanilmayotgan yerda zamonaviy bino qurilib, xorijdan keramika mahsulotlari va kafel ishlab chiqaradigan uskunalar keltirib oʻrnatildi. Korxona joriy yil iyul oyida ish boshladi. Uning umumiy qiymati qariyb 14 million dollar boʻlib, yiliga 3,6 million kvadrat metr keramik mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatiga ega.  

Prezident Shavkat Mirziyoyev korxonaning ish jarayoni bilan tanishib, mahsulot turlarini koʻzdan kechirdi. 

Mahsulotlar deyarli yuz foiz mahalliy xomashyodan tayyorlanmoqda. Shu bois, xorijnikidan bir necha barobar arzon narxlarda ichki bozorga chiqarilmoqda. Shuningdek, ularning 30 foizi Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Afgʻonistonga sotilmoqda. Birgina iyul-avgust oylarida 500 ming dollarlik eksport qilingan. Ayni paytda bu yerda 270 nafar ishchi va mutaxassis mehnat qilmoqda.

«Oriyent keramik» masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan 2020-2021 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyiha haqida maʼlumot berildi. Unga koʻra, hozirda yurtimizga import qilinayotgan katta oʻlchamdagi keramogranit kafellar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Yana 700 ta ish oʻrni yaratiladi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.