Xorazm viloyati Yangibozor tumanida oʻqituvchilarga bepul oylik yoʻl chiptalari berilishi yoʻlga qoʻyildi.
Yangibozor tumani hokimligi tashabbusi bilan uzoq masofaga qatnab ishlaydigan oʻqituvchilar uchun bepul oylik yoʻl chiptalari bilan birga ularga maktab oʻqituvchisi ekanini tasdiqlovchi guvohnoma ham taqdim etilmoqda. Endilikda oʻqituvchilar oylik yoʻl chiptasi bilan tuman ichida bepul harakatlanishlari mumkin.
17-son maktabdagi tadbirda Yangibozor tumani tajribasi sifatida oʻqituvchilarga oylik yoʻl chiptalari bilan birgalikda guvohnomalar tantanali topshirildi. Tadbirda tuman hokimi Oʻ.Qurbanov, sektor rahbarlari, maktab direktorlari qatnashdi..