Bahrayn poytaxti Manama shahrida qilichbozlik boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempioanti oʻz yakuniga yetdi. Oʻzbekiston terma jamoasi uchun yakkalik hamda jamoaviy bahslar juda sermahsul boʻldi.
Yakkalik bahslarida gʻalaba qozongan Musa Aymuratov boshchiligidagi yurtimizning sablyachi yigitlari jamoaviy dasturda yana bir bor barcha raqiblarini magʻlub etib, oltin medallarni qoʻlga kiritishdi. Yurtdoshlarimiz – Musa Aymuratov, Islombek Abdazov, Sardor Abdukarimbekov, Zuhriddin Qodirov saralashda Filippin va Saudiya Arabistoni, yarim finalda Gonkong va finalda Xitoy jamoasidan ustun kelishdi. Shuningdek, yarim finalgacha yetib kelgan shpagachi yigitlarimiz bronza medallariga sazovor boʻlishdi.
Sablyachi qizlarimiz – Gulistan Perdibayeva, Fernanda Errera, Nargiza Jaksibayeva hamda Samira Shokirovalarning ham yutuqlari kam emas. Ular barcha raqiblarini magʻlub etib, yana bir karra qitʼa chempionligini qoʻlga kiritishdi.
Yarim finalda yaponiyalik raqibalariga imkoniyatni boy bergan shpagachi qizlarimiz Shahzoda Egamberdiyeva, Dilnaz Murzatayeva, Aziza Hamidova hamda Sanam Nazarova bronza medali bilan musobaqani yakunlashdi. “Qilgan mehnat ketmas behuda” degani shu boʻlsa kerak.
GUJUM.UZ