Osiyo chempionatida yosh regbichilarimiz kumush medallar sohibi boʻlishdi

0
116
marta koʻrilgan.

Toshkent viloyatining Angren shahrida regbi-7 boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasida 20 yosh toifasidagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi.

Unda ishtirok etgan  yurtdoshlarimiz kumush medallarga sazovor boʻlishdi. Oʻzbekistonlik yoshlar hal qiluvchi bellashuvda BAA vakillariga qarshi maydonga tushishdi. Murosasiz oʻyinda mehmonlarning qoʻli baland keldi. Bronza medallari esa malayziyalik regbichilarga nasib etdi.

Regbi-7 boʻyicha Osiyo chempionatida erkaklar bellashuvida birinchi oʻrin BAAga,  ikkinchi oʻrin Oʻzbekistonga, uchinchi oʻrin  Malayziyaga nasib qildi. Ayollar musobaqasida  esa  BAA,   Hindiston, Tailand regbichilari peshqadam boʻlishdi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.