Osiyo chempionatida yurtimiz taekvondochilari uchinchi oʻrinda

0
225
marta koʻrilgan.

Vyetnamning Xoshimin shahrida taekvondo WTF boʻyicha Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Ushbu qitʼa birinchiligida oʻzbekistonlik sportchilar umumjamoa hisobida uchinchi oʻrinni egalladilar.

Yurtimizga Osiyo chempionati sovrindorlarining uch nafari – Niyoz Poʻlatov, Madina Mannopova va Sardor Toirovlar qaytib kelishdi. Terma jamoaning qolgan yetakchi sportchilari esa 1-3 iyun kunlari boʻlib oʻtadigan Gran-Pri turnirida ishtirok etish uchun Italiyaga joʻnab ketishdi.

«Kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionatidan qaytib keldik. Ushbu musobaqada bronza medalini qoʻlga kiritdim. Bahslarda hindistonlik vaxitoylik raqiblarni magʻlubiyatga uchratdim. Final yoʻllanmasi uchun kechgan jangda esa vyetnamlik sportchiga kichik hisobda yutqazib qoʻydim. Bu men uchun katta maktab va saboq boʻldi. Bizga  jahon maydonlaridagi bellashuvlarda qatnashishga imkoniyat yaratayotgan yurtimga, ustozlarimga minnatdorchilik bildiraman», – dedi musobaqaning bronza medali sovridori Madina Mannopova.

Javlon SAʼDULLAYEV

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.