Bahraynning Manama shahrida ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. Ilk kunning oʻzida Oʻzbekiston terma jamoasi dastlabki medalga sazovor boʻldi.
Ayollar oʻrtasida 49 kg vazn toifasida oʻtkazilgan bahslarda dast koʻtarish mashqlari oʻz yakuniga yetdi. Ushbu vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Jamila Panfilova dast koʻtarishda 79 kg bilan bronza medaliga sazovor boʻldi.